Ikki davlat Qurolli Kuchlari maxsus bo‘linmalari “Qalqon-2021” qo‘shma taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.
Mashg‘ulotlarda Qozog‘istondan 250 nafarga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etdi, shuningdek 40 dan ortiq zirhli va avtomobil texnikasi, vertolotlar, jami o‘ndan ortiq drondan foydalanildi.
Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiylari shartli dushmanni zararsizlantirish bo‘yicha qo‘shma maxsus operatsiya o‘tkazdi.
Mashqlarga rahbarlik qilgan qo‘mondorlar ta’kidlashicha, maxsus operatsiyani tashkil etish va o‘tkazish jarayonida shtab va bo‘linmalarning harakatlarini muvofiqlashtirishni takomillashtirish, shuningdek, maxsus bo‘linmalar shaxsiy tarkib oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarishdi.