TOShKENT, 9 noya - Sputnik. Germaniyaning Shtutgart shahrida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasining vakolatxonasi ochiladi, deb xabar qilmoqda uyushma matbuot xizmati.
Ushbu vakolatxonaning ochilishi O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari va brendlarini Yevropa bozorlarida o‘z o‘rnini egallashga ulkan turtki bo‘ladi, -deyilgan xabarda.
"O‘zto‘qimachiliksanoat" vakolatxonasi Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi - Gesamtmasche binosida joylashgan bo‘ladi va mahalliy xaridorlar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolash va Yevropa bozori talabini o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratadi, - deyilgan xabarda.
Vakolatxona ochish haqidagi kelishuv "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi va Germaniyaning Gesamtmasche trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi orasida 5-noyabr kuni imzolangan edi.
Uning asosiy maqsadlaridan biri - kelajakda O‘zbek brendlarining Yevropa peshtoqlarida yetakchi o‘rinlarni egallashga ko‘maklashishdir. Ushbu maqsadda soha vakillariga muhandislik va strategik rejalashtirish, korporativ loyihalarni boshqarish, marketing kurslari bo‘yicha grantlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.