O‘zbekiston go‘shtni asosan qaysi davlatdan sotib olmoqda

O‘zbekiston 9 oyda xorijdan 21 109 tonna go‘sht import qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 21 109 tonna go‘sht import qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Go‘sht importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 865 tonnaga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p go‘sht import qilgan davlatlar:
Belarus – 14 403 tonna;
Qozog‘iston – 3 220 tonna;
Ukraina – 2 018 tonna;
Rossiya – 559 tonna;
Moldova – 540 tonna.
O‘zbekistonda 2021-yilning 9 oyida 1,9 mln. tonna go‘sht yetishtirilgan.
Avvalroq Hukumat joriy yil 31-dekabrigacha go‘shtni QQSdan ozod qilgan edi.
O‘zbekiston Qozog‘istondan go‘sht va sut mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi