TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i bozorda ayol kishiga nisbatan noo‘rin xatti-harakatni amalga oshirgani aytilayotgan video tarqaldi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va Harbiy prokuratura mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi.