Moskva metrosida ikki migrant o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi – video

Moskva metrosida mushtlashgan migrantlar ustidan jinoyat ishi ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Moskva metrosida ikki migrant o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.
RIA Novosti”ga huquq-tartibot idoralaridagi manba ma’lum qilishicha, Moskva politsiyasi metro poyezdida ikki Qirg‘iziston fuqarosi o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Mehnat migrantlarini Rossiyaga yuborish pilot loyihasi boshlandi
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea 8-noyabr kuni kechqurun “Tagansko-Krasnopresnenskaya” yo‘nalishida, “Begovaya” stansiyasidan “Ulitsa 1905 goda” stansiyasiga ketayotgan vagonda sodir bo‘ldi. Guvohlar metropoliten politsiyasiga qo‘ng‘iroq qildi, huquqbuzarlar vagondan chiqayotganida qo‘lga olindi. Ular Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘ldi, ikkalasi ham 1996-yilda tug‘ilgan.
Moskva IIBB qo‘lga olinganlar tergov o‘tkazish uchun politsiyaga olib ketilganini tasdiqladi.
“Qo‘shni davlatlardan birida yashovchi 25 yoshli yigit mast holatda boshqa yo‘lovchi bilan janjallashib qoldi va bu mushtlashuvga aylandi”, — deyilgan xabarda.
Bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Har ikkalasiga nisbatan mayda bezorilik yuzasidan ma’muriy bayonnomalar tuzildi.
Politsiya mojaroning boshqa ishtirokchilarini qidirmoqda.