Migrantlar inqirozi: Belarus-Polsha chegarasida nimalar ro‘y bermoqda

Migrantlar karvoni Belarusdan Polsha hududiga o‘tishga urinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. 8 noyabr kuni Yaqin Sharqdan bo‘lgan minglab migrantlar Belarus-Polsha chegarasini kesib o‘tishga urinishdi. Ikki davlat chegarasida to‘plangan migrantlar karvoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Migrantlar chegaraga o‘rnatilgan to‘siqlarni buzib, YeI hududiga o‘tishga urinishmoqda. Biroq polshalik chegarachilar ular xatti-harakatlarining oldini olishmoqda va Polsha hududiga o‘tishlariga yo‘l qo‘yishmayapti.
Polshaga o‘tolmagan qochoqlar chegarada qolib, lager tashkil etishgan. Belarus chegarachilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, u yerda 2,5 mingga yaqin kishi qolmoqda. Chegaradagi qochoqlar bilan bog‘liq vaziyat keskinligicha qolmoqda.