Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi: yangi qonun tayyorlandi

Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi: yangi qonun tayyorlandi
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Mudofaa vazirligi “Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risida” qonun loyihasini tayyorladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar qanday o‘tdi – foto
Hujjatda qayd etilishicha, “Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha vazifa O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-718-sonli Qonuni bilan belgilangan.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi bugungi kunning zamonaviy talablariga to‘liqligicha javob bermaydi.
“Masalan ushbu Qonunda komandirlar (boshliqlar)dan tashqari harbiy xizmatchilarning cheklangan moddiy javobgarligi hamda yetkazilgan zararni qoplash tartibi nazarda tutilmagan”, - deyilgan hujjatda.
Mudofaa vazirligi yozishicha, chet el tajribasini o‘rganish Rossiya Federatsiyasi va Ukraina Respublikasida harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi masalalari alohida qonunlar bilan tartibga solinganligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda Oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
““Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunini qabul qilish O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatiga mos keladigan O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi alohida Qonuni bilan harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi masalalarini tartibga solishga imkon beradi.
Moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi Qonunning normalari xizmat intizomi hamda harbiy xizmatchilarni g‘ayriqonuniy xulqining profilaktikasini ta’minlaydi. Zarar qoplanganda tomonlarning mulkiy huquqlarining buzilishi bartaraf etiladi, bu orqali esa huquqiy tartibga solishning tiklovchi effektiga ham erishiladi”, - deyilgan hujjatda.