Buxoroda Koreya kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqaradi

Buxoroda yiliga 30 ming dona eletromobil ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ishga tushishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya - Spunik. Buxoroda Janubiy Koreyaning Songuo Motors Co.,Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Ushbu loyiha Buxoro shahrida joylashgan “Ideal Lift” MChJ kompaniyasi bilan
hamkorlikda yo‘lga qo‘yiladi. Loyihaning umumiy qiymati 1,210 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Korxona yiliga 30 ming dona elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Mahsulotni respublika ichida va tashqi bozorlarda sotish rejalashtirilgan.
–Loyihani amalga oshirish natijasida 450 nafardan ziyod ishsiz aholi bandligi ta’minlanadi, – deydi “Ideal Lift” MChJ rahbari Komiljon Qudratov.
Elektromobili yujnokoreyskoy kompanii Songuo Motors
Songuo Motors - Janubiy Koreyada 10-yil oldin elektromobillarni loyihalashtirishni boshlagan. Bugungi kunda kompaniya 4ta platformada elektromobillarning 5ta modelini yirik uzelli yig‘ish (SKD) bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Elektromobili yujnokoreyskoy kompanii Songuo Motors
Kompaniya 2022- 2025-yillarda Xitoy, Indoneziya, Pokiston, Bolgariya, Nigeriya, Kamerun kabi davlatlarda elektromobillarni ommaviy ishlab chiqrishni boshlashni rejalashtirgan.
Elektromobili yujnokoreyskoy kompanii Songuo Motors