TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Bugun va ertaga respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Faqat O‘zbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi. Buning hisobiga Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Kechasi hali sovuq bo‘ladi, havo harorati 0…+5 daraja iliq, shimolda −2…−7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kuni esa quyosh havoni +10…+15 daraja iliqgacha isitadi.
10 noyabrda nam havo massasi shimoli-sharqiy tomonga qarab harakatlanadi va respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari +3…+8 daraja iliq, kunduz kunlari +10…+15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
11−13 noyabrda mamlakat hududiga Turkmanistondan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari +3…+8 daraja iliq bo‘ladi. Kunduz kunlari esa noyabr oyi o‘rtalari uchun bo‘lgan meyoriy qiymatlargacha +15…+18 daraja iliqgacha, janubda esa +20…+21 daraja iliqgacha isiydi.