Uyqusizlikni keltirib chiqaruvchi oltita odat

Rossiyalik shifokor uyqusizlikka olib keluvchi qator omillarni sanab o‘tdi.
Sputnik
Rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Masnikov uyqusizlikka olib keluvchi qator odatlarni misol tariqasida keltirdi.
Avvalo bu agar tunda bexosdan uyg‘ongan vaqtda soatga qarash odati.
“Soatga qarasangiz, u ko‘pchilikda nur sochib turadigan, miyangizda fikr uyg‘onadi: “Qara, ikki soatdan keyin turish kerak”, - deydi Masnikov.
Uyqudagi muammo o‘zgaruvgan kun jadvali tufayli ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, turli vaqtda uxlashga yotish va uyg‘onish.
Shifokor har kim o‘z jadvalini ishlab chiqishi zarurligini ta’kidladi.
“Soat o‘n birda yotdingmi – yettida tur. Soat o‘nda yotdingmi – soat oltida tur. Organizm refleks singaridir”, - deydi shifokor.
Yana bir xato – bu kunduzi bekorchilikdan karavotda yotish. Masnikov karavot bu uxlashga chorlovchi vosita ekani va unga shunchalik chiqib olib o‘tirish yaramasligini ta’kidladi.
Uyquga ketishga xalaqit qiluvchi boshqa odatlar ham bor: bu telefonda o‘tirish, chekish va alkogol iste’mol qilish.
Shifokor 20 daqiqa ichida uyqu kelmasa, nimalar qilish kerakligi haqida tavsiya berdi. Bunday holatda karavotdan turib, xona bo‘ylab yurish va tinchlanish zarur. Shunda uyquga ketish osonroq bo‘lishi mumkin.