TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir necha fuqaro o‘rtasida yuz bergan janjal videosi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 31-oktabr kuni soat 22:00 larda poytaxtnig Bog‘ishamol ko‘chasida bir nechta fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjalda 24-39 yoshlardagi yetti kishi ishtirok etgan.
Natijada fuqarolardan biri 30 yoshli J.I. qochib ketmoqchi bo‘lgan “Chevrolet Equinox” avtomobiliga pichoq bilan zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi "b" va "v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.