Toshkent changdan “tozalanmoqda”

Toshkent shahrida havoning chang bilan ifloslanishi haqida ma’lumot berildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Sinoptiklar Toshkentda havoning chang bilan ifloslanishi haqida ma’lumot berdi. Vaziyat asta-sekin normal holatga qaytmoqda, chang va qum konsentratsiyasi pasayib bormoqda.
Uroven zagrazneniya vozduxa v Tashkente na 8-noyabrya
Ko‘rsatkichlar normaga yaqin.
“8 noyabr soat 11:00 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havoning chang bilan ifloslanishi pasayishda davom etmoqda, monitoring natijalariga ko‘ra, ruxsat etilgan maksimal qiymatdan oshmaydi”, - deyilgan xabarda.
Ilgariroq, Toshkent hokimligi poytaxtning qator ko‘chalari changni bostirish uchun suv bilan yuvilgani haqida berdi. Bu ishlarga maxsus texnikalar jalb qilingan.