TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Mashhur Rammstein guruhi solisti Till Lindemann " Le jardin des larmes" qo‘shig‘i uchun yangi klipi bilan muxlislarni lol qoldirdi.
Ma’lumki, video O‘zbekistonda suratga olindi.
Lindemann kompozitsiyani fransiyalik xonanda Zaz (Izabel Jeffrua) bilan birga ijro etgan.
Ijrochilar duetni 2018-yilda yozib olishni rejalashtirgandi, ammo pandemiya tufayli jarayon kechiktirildi.
Uch yildan so‘ng Lindemann va Jeffrua O‘zbekistonga borib, klipni suratga olishdi. Klip 3 kun davomida tasvirga olindi.
Suratga olish jarayoni O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi ko‘magida amalga oshirildi.
Klip rejissori - Rammstein va Lindemann kliplarining muallifi - Zoran Bihach.