O‘zbekistondagi chang bo‘roni kosmosdan qanday ko‘rindi

Sinoptiklar O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini qoplagan chang bo‘roni aks etgan suratni taqdim etdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Sinoptiklar O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini qoplagan chang bo‘ronining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratni e’lon qildi.
Pilnaya burya v Uzbekistane, snimok so sputnika
Toshkent, Sirdaryo, qisman Jizzax va Farg‘ona viloyatlarini changli bo‘ron qopladi.
Qozog‘istonning janubiy viloyatlari va Tojikistonning qator viloyatlarida ham chang va qum bo‘ronlari qayd etildi.
"Chang-g‘ubor hodisasi bilan bog‘liq xiralik Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, Tojikistonning qo‘shni So‘g‘d, Toshkent, Sirdaryo, qisman Jizzax hamda Farg‘ona vodiy viloyatlari atmosferasini bulut misol qoplab olganini ko‘rish mumkin.

Surxondaryo viloyati osmonida ham biroz xiralik mavjud ekanligi tasvirdan ayon.", - deyilgan “O‘zgidromet” xabarida.
Chimkentda ham chang bo‘roni kuzatildi - video
Ta’kidlanishicha, so‘nggi 150-yil ichida O‘zbekistonda bunday chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmagan.
Hozirda havoning ifloslanish darajasi meyordan 3,3 baravarga oshib ketgan. Birinchi kunlarda havodagi chang va qum konsentratsiyasi meyordan 30 baravar oshdi.
Bir qator viloyatlarda avtomobil yo‘llarida ko‘rish 500-1000 metrgacha, Toshkent shahrida esa 200 metrgacha pasaydi.
4 noyabr kuni Toshkentda chang miqdori ruxsat etilgan meyordan 5 barobarga, keyinroq mahalliy vaqt bilan soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko‘tarilgani qayd etildi va poytaxt havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. 6-noyabr kunduzi havoning isishi atmosferada chang tarkibi sezilarsiz kamayishiga olib keldi, ammo changli g‘ubor butunlay tarqalmadi.
Chang-bo‘ron tufayli tez yordamga chaqiriqlar soni oshdi. 5-6 noyabr soat 06:00 ga qadar umumiy chaqiriqlar soni 4,1 mingga yetib, nafas olish bilan bog‘liq murojatlar soni 709 tani (jami chaqiriqlarning 17,2 foizi) tashkil qildi. Shundan allergik reaksiyalar bilan 36 ta, bronxial astma huruji bilan 122 ta murojaat bo‘lib, ularning 11 tasi gospitalizatsiya qilindi.