O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar qanday o‘tdi – foto

Qozog‘istonda “Qalqon-2021” o‘zbek va qozoq harbiylari ishtirokidagi mashg‘ulotlar yakunlandi.
Sputnik
1 / 9

“Qalqon-2021” mashg‘ulotlari Jambul viloyatining “Gvardeyskiy” o‘quv markazi va “Matibuloq” dala-o‘quv maydonida o‘tkazildi.

2 / 9

Hamkorlikdagi mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilar uchun sinovlarga boy bo‘ldi.

3 / 9

Ikki davlat harbiy xizmatchilari shartli dushmanga qarshi aviatsiya va artilleriyani qo‘llagan holda ham taktik harakatlarni amalga oshirdilar.

4 / 9

Ular yangi qurol-aslahalar, boshqa muhit, issiq va sovuq ob-havo sharoitlarida o‘zlarining qanchalar chiniqqan va chidamli ekanliklarini namoyish etishdi.

5 / 9

Shartli dushmanga qarshi taktik harakatlarni amalga oshirildi.

6 / 9

Taktik mashg‘ulotlarda ham goh u, goh bu davlatning ishtirokchilari o‘ziga xos yondashuv va manyovrlarini ko‘rsatib berishdi.

7 / 9

Pistirma va bosqinni amalga oshirish davomida ham ikki davlat harbiy xizmatchilari bir-birini tushungan holda belgilangan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

8 / 9

O‘zbek va qozoq harbiylari ishtirokidagi mashg‘ulotlar

9 / 9

Mashg‘ulot ishtirokchilari uchun amaliy bilimlarini oshirib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatini berdi.

Tantanali yopilish marosida mashg‘ulotning faol ishtirokchilari har ikki davlatning mudofaa vazirlarining buyrug‘iga asosan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.