O‘zbekiston rasman AIBA bayrog‘ini qabul qilib oldi

2023 yilda Toshkent ilk bor boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya – Sputnik. O‘zbekiston boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi JCh - 2023 musobaqasiga mezbonlik qiladi.
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov JCh mezboni uchun beriladigan bayroqni qabul qilib oldi.
Boks. Shahobiddin Zoirov JChda alamli mag‘lubiyatga uchradi
25 oktabr - 6-noyabr kunlari Belgradda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilar 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Jahon chempionatida Abdumalik Xalakov kumush, Madiyor Saidrahimov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik bokschilar ushbu musobaqada umumjamoa hisobida o‘ninchi o‘rinni egallashdi. Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi 2019-yilgi JChda umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishgandi.