“Magic City”da ommaviy tartibsizlik: IIBB sabablarni ma’lum qildi

Janjal gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi yigitlar va qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘rtasida yuzaga kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Magic City” ko‘ngilochar dam olish maskanida ommaviy tartibsizlik yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Xabarda yozilishicha, voqea 6-noyabr kuni taxminan soat 22.30 larda ro‘y bergan. Janjal gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi yigitlar va qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘rtasida yuzaga kelgan.
Bunga yigitlarning noqonuniy savdo qilayotganliklari uchun u yerdan chiqarib yuborilishi sabab bo‘lgan.
Toshkentdagi ommaviy janjal videoga tushib qoldi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.