O‘tgan 9 oyda O‘zbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurgani aytildi

O‘zbekistonga 2021-yilda ko‘proq ayrim G‘arbiy Yevropa, Amerika va MDH davlatlaridan sayyohlar kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. 2021-yilning 9 oyida O‘zbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, pandemiya davrida 260 ming ish o‘rini, 1400 ta turistik tashkilot va 1360 ta joylashtirish vositasi, 2,2 mlndan ortiq gid-tarjimon va turizmga yondosh sohalar faoliyatini saqlab qolish maqsadida sohadagi tadbirkolik subyektlariga ssuda, kredit, soliq imtiyozlari taqdim etilgan. Qo‘shimcha tarzda xorijiy sayyohlardan olinadigan turistik yig‘im 2023-yil 1-sentabrgacha to‘xtatilgan.
Shuningdek, turizm sohasida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun hisobot davrida 6,5 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ davlat budjetidan subsidiya ajratilgan.
2021 yilning yanvar-sentabr oylari davomida 105 ta yangi mehmonxona, 1 001 ta oilaviy mehmon uylari, 90 ta turistik korxona ochilgan.
“Turizm sohasini tiklash uchun olib borilgan amaliy ishlar natijasida joriy yilning 9 oyi davomida yurtimizga 1 mln 200 ming (1 135 621) nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi va 273 mln dollar miqdorida turizm xizmatlari eksport qilindi”, - dedi Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov.
Tahlillarga ko‘ra, 2021-yilda ayrim G‘arbiy Yevropa, Amerika va MDH davlatlaridan kutilganidan ham ko‘proq sayyohlar tashrif buyurmoqda. Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya) davlatlardagi cheklovlar sababli prognoz qilingan ko‘satkichlardan kam miqdorda sayyoh kelgan.
Yil davomida mazkur toifadagi sayyohlar sonini 1,7 mln nafarga yetkazish prognoz qilingan.
Noyabrdagi dam olish kunlarida rossiyaliklar eng ko‘p O‘zbekistonga uchishi ma’lum bo‘ldi
Mehnat bozori talabidan kelib chiqib, “Trevel jurnalistika”, “Kreativ industriya”, “Smart turizm”, “Madaniy merosni boshqarish”, “Muzey ishi” yo‘nalishlari tashkil etildi. Shuningdek, mamlakat tarixi va madaniy merosini chuqur o‘rganish uchun oliygoh qoshida “Ipak yo‘li sivilizatsiyasi” tadqiqot instituti tashkil etilmoqda.
Kelgusida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida oliygoh va “Samarqand turizm markazi” o‘rtasida hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan. 2022-2023 yillarda Samarqand tumanida 212 gektar maydonda tashkil etilayotgan Markazda 10 ta inshoot, jumladan, kongress xoll, mehmonxonalar, dam olish maskanlari qurib, ishga tushiriladi.
O‘zbekiston Yangi yilni nishonlash uchun eng jozibali mamlakatlar beshligiga kiritildi
Shuningdek, turizm sohasidagi oliy o‘quv yurtlari va kollejlarning bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash uchun “Travel-jobs.uz” veb-sayti (platforma) ishga tushirildi. Platforma ish beruvchi hamda bitiruvchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga ko‘maklashadi.