Iroq bosh vaziriga suiqasd uyushtirildi

Mustafo al-Kozimiyning Bag‘doddagi qarorgohiga hujum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyning Bag‘doddagi qarorgohiga 7-noyabrga o‘tar kechasi raketa bilan hujum qilindi, deb xabar qilmoqda “Frans Press” agentligi o‘z manbasiga tayangan holda.
Dastlab Al Arabiya telekanali Mustafo al-Kozimiy jarohat olgani va uni kasalxonaga olib ketishgani haqida xabar berdi, biroq Iroq xavfsizlik organlari bosh vazir jarohatlanmaganini ma’lum qilishdi.
“Bosh vazirga <…> uchuvchisiz uchar qurilma yordamida muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirildi. Xavfsizlik kuchlari zaruriy choralarni ko‘rishdi”, - deyilgan bayonotda. Undan INAagentligi iqtibos keltirgan.
Keyinroq al-Kozimiyning o‘zi Twitterʼda uning ahvoli yaxshiligi va unga hech qanday ziyon yetmaganini tasdiqladi.
Mahalliiy OAVlar bosh vazirga suiqasd uyushtirilishi oqibatida bir necha kishi jabrlangani haqida yozishmoqda.
Gaitida prezidentga suiqasd uyushtirishmoqchi bo‘lishdi
Bag‘dodning qattiq qo‘riqlanadigan “yashil hududi”da davlat idoralari va xorijiy elchixonalar joylashgan. Al Arabiya xabariga ko‘ra, hujum vaqtida otishma sadolari eshitilgan. Dronni tutib olishga muvaffaq bo‘lishgan.