TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisining yangi majlislar zalida Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Marosimda Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, diplomatik korpus vakllari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident qasamodidan oldin Majlislar zaliga O‘zbekiston bayrog‘i, prezident shtandarti, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, muqaddas Qur’oni Karim va prezidentlik belgisi tantanali ravishda olib chiqildi.
Torjestvenniy vinos simvolov Respubliki Uzbekistan na seremonii inauguratsii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga binoan, Shavkat Mirziyoyev quyidagi so‘zlarni aytib qasamod qabul qildi.
"O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamod qilaman", - dedi prezident.
Shundan so‘ng O‘zbekiston madhiyasi yangradi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat bayrog‘i, madhiyasi va gerbiga, hamda prezidentlik Oliy nishoniga yuksak hurmat bajo keltirishini aytdi.
Torjestvenniy vinos simvolov Respubliki Uzbekistan na seremonii inauguratsii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana