Navoiyda chang tufayli YTH sodir bo‘ldi

To‘qnashuv oqibatida "Cobalt" avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Navoiy viloyatida 4-noyabr kuni chang bo‘roni tufayli 3ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda mahalliy telegram kanal.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 4-noyabr kuni soat 13:30 atrofida Konimex tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida "Captiva", "Nexia" va "Cobalt" rusumli avtomobillar to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida "Cobalt" avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr kuni O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida kuchli chang bo‘roni kuzatilgan edi. O‘zgidromet soat atmosferada chang zarrachalari miqdori 5-10 va hatto 30 baravargacha oshganini ma’lum qilgan edi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 4-noyabr kuni shamol teligi Toshkent viloyatida 10-12 m/sga Buxoroda 20m/sgacha yetgan. Buning oqibatida yerning ustki quruq qatlamidan qum va chang zarrachalari havoga ko‘rtarilib uzoq masofalarga olib ketilgan.