TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Shu kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining dastlabki g‘oliblari aniq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda MOQ.
Taekvondo WT bo‘yicha respublika chempionatining birinchi kunida 5 vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Undan ayollar orasid 62 va 67kg vazn toifalarida, erkaklar orasida 54, 58 va 87 kgvazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilari Feruza Sodiqova, Nikita Rafalovich ushbu musobaqada yangi vazn toifasida ishtirok etishdi. Xususan Nikita Rafalovich 87kg, Feruza Sodiqova 67kg vazn toifalarida chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
Darvoqe, musobaqa tomoshabinlari orasida Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov ham bor edi. Tayekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati natijalari bilan batafsil quyida tanishing.