TOShKENT, 5 noya - Sputnik. Farg‘ona viloyati So‘x to‘manida qor yog‘di, deb xabar qilmoqda Kishvar telegram kanali.
Xabarda aytilishiga ko‘ra tumanning Qirg‘iziston chegarasiga yaqin bo‘lgan hududida qor yoqqan. Quyidagi suratlar bugun Sӯx tumanining Chashma qishlog‘i hamda Qirg‘izistonning Haydarkon shaharchasi ӯrtasida joylashgan ovullarda olingan.
So‘x tumanida O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududida joylashgan eksklavi hisoblanadi. Umumiy maydoni 352 km2 bo‘lgan tuman tog‘li hududda, dengiz sathidan 1085metr balandlikda joylashgan.
So‘xliklar bir so‘nggi bir necha yilda O‘zbekistonga Qirg‘iziston orqali o‘tgan aylanma yo‘l orqali (80 km) borib kelishga majbur bo‘lishayotgan edi. 2021-yilda Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov kelishuvidan so‘ng So‘x tumanini Farg‘onaning Rishton tumani bilan bog‘laydigan qisqa masofali (19km) avtomobil yo‘li ishga tushirildi.
Undan tashqari So‘xda 1-noyabrdan boshlab qayta qurilgan mahalliy aerodrom ham ishga tushdi. Shu kunlarda So‘xda yangi vrachlik punkti ham qurilmoqda.