TOShKENT, 5 noya - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 6-noyabr kuni Oliy Majlisning yangi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida parlamentning maxsus bayonotida aytib o‘tilgan.
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi 2021-yil 6-noyabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yangidan barpo etilgan katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi", - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston saylov qonunchiligiga asosan, yangi prezident parlament oldida qasamod qilganidan so‘ng prezidentlik lavozimiga kirishishadi.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prezidenti saylovida jami 16 212 343 nafar saylovchi ishtirok etgan, shundan 12 988 964 nafari Shavkat Mirziyoyev uchun ovoz bergan. Markaziy Saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni 80,12% ovoz bilan O‘zbekistonning besh yil muddatga saylangan prezidenti deb e’lon qilgan edi.