Qaysi viloyatda qanday daraxt ekish kerak - Ekologiya qo‘mitasi

O‘zbekistonda 2-noyabrdan 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan. Ushbu vaqt mobaynida viloyatlarda bir necha million tup ko‘chatlar ekish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. O‘zbekistonning turli hududlarida ekish uchun iqlim sharoitiga mos daraxtlar tanlab olinadi, deb xabar qildi Ekologiya qo‘mitasi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston hududiga katalpa, pavlovniya, yapon saforasi, qayrag‘och, tut va akatsiya daratlari ekiladi. Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Toshkentda chinor, eman, zarang va boshqa daraxtlar ekiladi.

Mutaxassislar O‘zbekiston hududlarida ekish uchun 27 turdagi daraxt ko‘chatlari taklif etilmoqda. Jumladan kashtan, oqqayin, eman, yapon saforasi, shumtol, qayrag‘och, pavloniya, terak, akatsiya, chinor, tut, jiyda, yong‘oq, behi, uzum, qrim qarag‘ayi va virgin archasi bizning mintaqamiz uchun mosdir, - deyilgan xabarda.

Ko‘chat tanlashda har bir viloyatning iqlimi va tuproq tarkibi inobatga olinadi. Qaysi nihol unib ketishiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Shuningdek, shahar va tuman hokimliklari tomonidan ekilgan har bir tup daraxt uchun ma’sul shaxs belgilanadi. Ular daraxtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod saqlashga ham javob beradi.
Posadka sajensev v Uzbekistane
Undan tashqari, Davlat ekologiya qo‘mitasining daraxt2020.uz elektron platformasi barcha viloyatlarda tashkil etilayotgan "Yashil makon" umummiliy loyihasini amalga oshirish shtabi bilan integratsiya qilinadi. Ya’ni, ekilayotgan daraxtlar hisobi onlayn tarzda yuritilib, shaffoflik ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqan edi. Prezident bayonotida aytilishiga ko‘ra “o‘tgan yillarda "qog‘ozda" ekilgan daraxtlarni hisoblasa, O‘zbekistonda bo‘sh joy qolmasligi kerak edi. Tizim, qarov bo‘lmagani uchun ekilganining ham ko‘pi qurib ketdi” degan edi Shavkat Mirziyoyev.
Posadka sajensev v Uzbekistane
Ma’lumot uchun, prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yashil makon” tashabbusi doirasida O‘zbekistonda 2-noyabrdan 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan.
Prezident tashabbusi doirasida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida – 16 million tupdan, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘onada – 15 million tupdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Sirdaryo, Xorazmda – 14 million tupdan ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Posadka sajensev v Uzbekistane