Inauguratsiya — davlat boshlig‘ining shu oliy lavozimini bajarishga kirishishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosim.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq, prezident respublika Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamod qilaman.
Saylov kodeksining 65-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan prezident saylovi natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida mamlakat Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida qasamod qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi.