Shu kunlarda Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tayotgan SOR26 umumjahon iqlim konferensiyasi bilan bir vaqtda qator ekologik tashkilotlarning namoyishlari ham bo‘lib o‘tmoqda.
Extinction Rebellion ekologik harakatining 100 nafar a’zolari Shotlandiya Banki binosi oldida to‘planib baraban chalishmoqda. Ular iqlim o‘zgarishiga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarni darhol to‘xtatishni talab qilishmoqda.
COP26 - BMTning Iqlim o‘zgarishiga qarshi 26-anjumani
Anjuman Shotlandiyaning Glazgo shahrida 2021-yilning 31-oktabridan 12-noyabriga qadar bo‘lib o‘tmoqda.
Sammitda dunyoning 200 davlatidan 25 mingga yaqin delegatlar ishtirok etmoqda. Ular orasida 120 nafar davlat rahbarlari ham bor. AQSh va G‘arb davlatlari yetakchilari ushbu anjumanga tashrif buyurgan. Rossiya va Xitoy rahbarlari COP26 ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llash bilan cheklanishdi.