TOShKENT, 5 noya - Sputnik. Qozog‘istonning Toshkent viloyatiga qo‘shni bo‘lgan Turkiston va Chimkent viloyatlarida ham chang bo‘ronlari kuzatilmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Xabarda aytilishiga ko‘ra "Kazgidromet" mavjud vaziyatni sputnik monitoring tizimi orqali kuzatib turibdi, atmosferada chang yana 2 kun saqlanib qolishi kutilmoqda.
"Chimkent viloyati va Turkiston viloyatning Kazigurt tumani hududlarida atmosferada chang saqlanib qolmoqda. Bugun tongda biz janubiy tumanlarda tuman tushishi haqida ogohlantirish e’lon qildik. Tuman va chang kki kun davomida saqlanib qolishi mumkin", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Sirdaryo shaharlarida 4-noyabr kuni kuchli chang bo‘roni kuzatilgan edi. O‘zgidromet soat atmosferada chang zarrachalari miqdori belgilanganidan 30 baravargacha oshganini ma’lum qilgan edi.