Chang bo‘roni qayerdan kelgani ma’lum bo‘ldi

Yog‘ingarchilik kutilmayotgani sababli, Toshkentda havodagi yuqori chang miqdori yana bir necha kun saqlanib qolishi mumkin - O‘zgidromet.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya - Sputnik. Toshkentda 4-5 noyabr kunlari kuzatilgan chang va qum bo‘roni - bu yerda so‘nggi 150-yil davomida olib borilgan ob-havo kuzatuvlari tarixida qayd etilmagan, deb xabar qildi "O‘zgidromet" matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 4-noyabr kuni, Rossiyaning Ural tog‘lari va Volgabo‘yida shakllangan sovuq havo oqimlari Janubiy Qozog‘iston cho‘l hududlaridan yerning ustki qatlamini havoga ko‘tarib chang bulutlari hosil qilgan.

Ushbu chang bulutlari kuchli shamol bilan birgalikda O‘zbekistonning Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududlariga 4-noyabr kuni kun kechida kirib kelgan.
"O‘zgidromet"ning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini tekshiruvchi avtomatik kuzatuv postlari soat 18:21da havodagi chang miqdori ruxsat etilgan meyordan 5 barabarga, soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko‘tarilishi qayd etildi.
Soat 23:00 dan boshlab havo tarkibidagi chang miqdori pasayishi kuzatilgan va hozirga qadar chang miqdori ruxsat etilgan meyoridan 10 barobar yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, yaqin kunlar ichida (ayrim xulosalarga ko‘ra 12-noyabrga qadar) Toshkent hududida yog‘ingarchilik kutilmayotgani bois, havoda yuqori chang miqdori yuqori darajada saqlanib qolinishi kutilmoqda.
Pilnaya burya v Uzbekistane