TOShKENT, 4 noya – Sputnik. Rossiyaning Yagona energetika tizimi operatori (SO YeES) Markaziy Osiyo Elektr energiyasi kengashida (MO EEK) kuzatvuvchi maqomini oldi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiya operatoriga MO EEKda kuzatuvchi maqomini berish oktabr oxirida Bishkekda bo‘lib o‘tgan majlisda qabul qilingan.
MO EEK - maslahailashuvchi organ bo‘lib, u 2003-yilda Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil qilingan. Unga Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikston a’zo bo‘lishgan. Kengashning asosiy vazifasi - Markaziy Osiyoda elektr energiyasi ishlab chiqishni rivojlantirshni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdir.
Ushbu yilning avgust oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahatlashuvlari davomida MO EEK doirasida hamkorlikni faollashtirish va Kengash maqomini oshirishga chaqirgan edi.