TOShKENT, 4 noya - Sputnik. O‘zbekistonda 3-noyabr kuni koronavirusga chalinish holatlar soni 272tani tashkil qildi. Bu iyun oyidan buyon qayd etilgan eng past natija bo‘ldi.
Rossiya va dunyoning aksariyat mamlakatlarda kornavirus kun sayin yangi salbiy “rekordlar” qayd etayotgan bir paytda o‘zbekistonlik shifokorlarning ushbu natijasini shubhasiz muvaffaqiyat deyish mumkin.
Ana shunday ijobiy yangiliklar kelib turgan kunda Sputnik muxbiri Anna Cherkasova o‘zbkistonlik epidemiologlar - tibbiyot fanlar nomzodi, Vabo kasalligi profilaktika markazi direktori o‘rinbosari Dilmurod Mirzabayev va ushbu markaz laboratoriyasi rahbari Marufjon Madaminov bilan videoaloqa orqali bog‘lanib ularning muvvaffaqiyat sirlarini bilan qiziqdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda jami kasallanganlar soni 187 mingga yaqin. Kunlik kasallanish holatlari ham juda kam. Bu so‘zsiz bizning shifokorlarimizni ham, hukumatimizni ham quvontirmoqda. Menimcha kasallar soni kamayishi – bevosita vaksinalash jarayoni bilan bog‘liq, - deydi Marzabayev.
- Vaksinalash jarayoni qanday ketmoqda? Odamlar qanchalik xayrixoxlik bilan emlanishga rozi bo‘lmoqda? Men eshitishimcha yoz oylarida vaksina olishga qarshi bo‘lganlar ham ko‘p bo‘lgan ekan?
Vatsinalashga bunday munosabat nafaqat O‘zbekistonda, balkim butun dunyoda kuzatilgan holat bo‘ldi. O‘zingiz bilasiz Rossiyada ham vaksinaga ishonmaganlar soni juda ko‘p bo‘ldi. AQSh va ayri xorijiy mamlakatlarda ommaviy vaksinalashga qarshi kampaniyalar bo‘ldi va hozirgacha davom etmoqda.
Bizda ham boshida ko‘pchillik vaksinaga ishonmagan edi. Ular orasida hatto shifokorlar ham borligi vaksinaga qarshi bo‘lganlar sonini oshirdi. Buning oqibatida kasallanish holatlari ko‘payishi ham kuzatilgan edi. Lekin hozir vaksinalash jarayoni iziga tushib oldi desak bo‘ladi.
Buning uchun birinchi navbatda aholini ishonchli axborot bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydik. O‘zbekistonda AOKAda axborot markazi bor. Bizning mutaxasisslar epidemiologlar u yerda tez tez OAV vakillari bilan uchrashib turishadi. Menimcha bugungi kunga kelib aholi biz tomonga yuzi bilan o‘girilmoqda.
Bugun biz pandemiya vaqtida aholini vaksinalash haqida axborot bilan ta’minlash qanchalik muhim ekanini tushundik, - deydi Marufjon Madaminov
Iyul oyida, koronavirusnng yangi to‘lqini boshlanib, kasallar soni ko‘paya boshlaganda, biz kovid-markazlarida kasallar qanday azob chekayotganini ko‘rsatishga qaror qildik. Ana shu reportajlar ham fuqarolarni vaksina olishga undagan yana bir kuchli turtki bo‘ldi.
Bugunga kelib aholi orasida kam sonli vaksinaga qarshilar saqlanib qolgan, lekin umumiy emlanish sur’ati yaxshi. Aholining kamida 63-64% kamida vaksinaning bir komponentini olgan. Aholi orasida immunitet sekin-asta shakllanib bormoqda.
Kasallik eng ko‘p qayd etilayotgan hududlar bu - Toshkent va Samarqand shaharlaridir. Bu yerda aholi zich yashash bilan birga, emlanganishga qarshi bo‘lgan "aqllilar" soni ham ancha ko‘p. Toshkentda mlanganlar soni nisbatan kam - 48%. Ya’ni biz yangi kasallar soni vaksinalanganlar soni orasida aniq korrelyatsiya (bog‘liqlik) mavjudligini kuzatmoqdamiz.
Vaksina olishga ishontirish yo‘llari topildi
Biz aholiga axborot yetkazishning yana bir ishonchli yo‘lini topdik. Aholimizning aksariyati musulmon bo‘lgani sababli, ular haftada bir marotaba juma namoziga borishadi. Biz ulamolarni kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlab turibmiz va ular ham juma namozlarida aholiga vaksina olish joizligini tushuntirib kelishmoqda. Bunday axborot tarqatish natijasida butun boshli oilalar vaksina olishga kelmoqda.
Ikkinchidan, shartnoma asosida o‘qiydigan talablar vaksina olgan taqdirda 10% chegirma berilmoqda. Bugun ushbu imtiyozdan juda ko‘p talabalar foydalanmoqda.
- O‘zbekistonda aholi qaysi vaksinani olishga ko‘proq qiziqmoqda? O‘zbek-xitoy vaksinasining samaradorligi qanday?
Bugungi kunda Respublikada oltita vaksina qo‘llanilmoqda: ZF-UZ-VAC 2001, "Sputnik V", AstraZeneca, Moderna, Pfizer/BioNTech, CoronaVac (Xitoy). Fuqarolar o‘zlari ishongan vaksinani tanlab olishlari mumkin. Ularda ikkitasi O‘zbekistonning o‘zida ham ishlab chiqarilmoqda.
ZF-UZ-VAC 2001- o‘zbek-xitoy vaksinasi uch dozadan iborat, rekombinant uslubda tayyorlangan vaksina hisoblanadi. Ya’ni, uning tarkibida koronavirus genetik daraxtining ayrim “shoxlari” olingan xolos. Boshqa ballastlar yo‘q. Shu sababli u odam organizmini juda yumshoq ta’sir qiladi.
Boshqa vaksinalarga nisbatan, salbiy ta’siri juda kam. Biz shuncha vaqtdan buyon qo‘llayotgan bo‘lsak, uning og‘ir oqibatlarga olib kelishi tugul, kuchli reaksiya berish holatlarini berganini ham kuzatmadik.
Bu yangi turdagi vaksina bo‘lib, biz bunday vaksinalar ustuvorliklarini pandemiyadan ancha oldin sinab ko‘rishga ulgurgan edik. Xususan, 2001-yilda O‘zbekistonda V-geppatitiga (sariq kasal) qarshi ommaviy emlashda sinab ko‘rishga ulgurgan edik. Biz 2001-yilda milliy emlash kalendariga ushbu vaksinani kiritgan bo‘lsak, hozirgi kunga kelib o‘sha vaqtda emlangan bolalar orasida birorta ham V-geppatitiga chalinish holatlari uchragani yo‘q.
Biz koronavirusga qarshi qo‘llayotgan vaksinamiz ham xuddi shunga o‘xshash. Ushbu texnologiya asosida tayyorlangan. Ushbu vaksinani O‘zbekistonda ishlab chiqarish boshlangani – bizni quvontiradigan yana bir fakt bo‘ldi.
“Sputnik V” – O‘zbekistonda juda katta obro‘yga ega. Odamlar uni “o‘zimizning vaksina” deb hisoblaydi. Chunki bir vaqtlar biz bitta davlat bo‘lganimiz hali ko‘pchillikning esidan chiqqani yo‘q. O‘zbekistonga olib kelinganidan so‘ng ko‘pchillik uni olishga shoshildi.
“Sputnik V” - umuman juda yaxshi, sifatli, yuqori samarali vaksina. Emalanganlar orasida kasallar uchrab turadi, lekin juda yengil yoki o‘rtacha ko‘rinishdi.
Zangiotada tashkil qilingan maxsus klinikamizga olib kelingan kasallarning 98% vaksina olmaganlar, 2 % vaksina olganlar bo‘lib chiqdi. Lekin emlanganlarda kasallik juda yengil kechdi.
Mening o‘zim ham emlanganimdan so‘ng kasal bo‘ldim va kasallik yoshim va boshqa kasalliklarimni hisobga olgan holda o‘rtacha o‘tdi.
- Qayta vaksinalash haqida nima deysiz?
- Bizda hozir dastlabki emlanganlarga buster vaksina qilish vaqti yaqinlashib kelmoqda, lekin biz bu jarayonni hali boshlamadik. Chunki biz bu borada JSST tavsiyalarini kutmoqdamiz.
Ma’lumki, JSST hozircha hech kimga qayta vaksinalashni tavsiya etgani yo‘q. Sabab – dunyoning barcha mamlakatlari hozircha yetarlicha asosiy vaksina olgani yo‘q. Ehtimol bunga keyinroq tuxsat berilar.
Bizda hozir bolalarni 12 yoshdan vaksinatsiya qilish boshlangan. Shu kunga qadar bizda 215 mingga yaqin bola emlangan. Bu jarayon ixtiyoriy bo‘lib, bolani emlash yoki emlamaslik haqidagi qarorni ota-onalar qabul qilishadi.
- Iqlimning koronavirusga qarshi immunitetga ta’sir kuzatildimi?
- Biz boshida issiq klimat bizni virusdan himoya qilishga yordam beradi deb umid qilgan edik. Mening o‘zim ham yozda kasallik kamayishiga ishongan edim, lekin iqlim sharoitlari kasallik tarqalishiga sezilarli ta’sir qilmasligiga amin bo‘ldik.
Menimcha bizning urf-odatlarimiz ham biroz yordam berdi. Masalan, musulmonlar kuniga 5 marotaba namoz o‘qiydi va har safar namozdan oldin tahorat qiladi. Tahorat – bu shaxsiy gigiyena degani.
Yana bir sabab, bizda shimoliy mamlakatlarga qaraganda vitaminga boy, sifatli mevalar ham ko‘p. Balkim bu ham biroz yordam bergan bo‘lsa ajab emas.
- Xulosa qilib aytganda, COVID-19ga qarshi kurashda O‘zbekistonning asosiy muvaffaqiyatlari nimada?
- Birinchi navbatda, O‘zebkiston hukumati, pandemiyaning eng boshidan mutaxassislarga quloq solib, kovid va karantin markazlari tashkil qildi. Xorijdan kelayotgan fuqarolar karantinga joylashtirildi. Bu dori va vaksinalar bo‘lmagan vaqtda kasallik keng tarqalishini oldini oldi.
Ikkinchidan, biz pandemi vaqtida aholini sifatli va ishonchli axborot bilan ta’minlash qanchalik muhim ekanini tushundik. SanEpidem xizmatimiz rahbari Nurmat Atabekov nafaqat o‘z sohasining mutaxassisi, balkim juda yaxshi orator ham bo‘lib chiqdi. Hozirgi kunda aholi internetdagi har xil manbaalarga emas - mutaxassislar gapiga ishonishga o‘rgangan.
Uchinchidan, aholini vaksinalashga undashning turli yo‘llarini topish. Masalan imom-xatiblar orqali, talabalarga chegirma berish orqali va ho kazo.
Yana bir masala – bu dunyoda vaksinalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda siyosatlashganini qayd etish mumkin. Masalan JSST nima sababdan shu kunga qadar ko‘plab mamlakatlarda o‘z samaradorligini tasdiqlagan “Sputnik V” vaksinasini tan olmayapti? Menimcha biologiyani siyosatdan ajratish kerak, - dedi mutaxassis.
Bu borada O‘zbekiston va Rossiya orasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni samarali deb atash mumkin. O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish bilan bir vaqtda Rossiya tibbiy yo‘nalishdagi ilmiy institutlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonlik epidemiologlar Moskvagadagi Gamaleya nomidagi Milliy Epidemiologiya markaziga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Intervyuning to‘liq shakli bilan Sputnikning Youtube kanalida tanishing.