TOShKENT, 3 noya - Sputnik. Tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi - deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
"Hukumat ko‘rsatmasiga asosan "O‘zkomnazorat" tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilingan harakat haqida Prezident xabar topdilar. O‘ylaymanki, tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi", - deyilgan xabarda.
Bugun O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida uzilish va aloqa tezligi cheklangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Xususan Telegram, Facebook, Instagram foydalanuvchilari aloqa tezligi cheklangani haqida xabar qilishgan edi.