Paxta teruvchilarga har bir kilogramm uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi

Hukumat qarori bilan hududlarda qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun ustama to‘lanadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlarda paxta teruvchilarga har bir kilogramm uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Hukumatning “2021 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq paxta xom ashyosining har bir kilosi 230 so‘mdan ustama haq to‘lanadi.

Qaysi hududlarda qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun ustama to‘lanadi:

Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida;
Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida;
Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlarida.
O‘zbekistonda 2021-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 so‘mdan, ikkinchi terimda 1500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilangan edi.
Ekspert O‘zbekistonning paxta strategiyasiga baho berdi