O‘zbekistonda Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki faoliyati cheklandi

"O‘zkomnazorat" Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ("O‘zkomnazorat") Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki tarmoqlarining O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi.
"O‘zkomnazorat" shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrini yuritadi. Unga Odnoklassniki, YouTube, LinkedIn, Instagram, Facebook, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar kiradi.
"O‘zkomnazorat" ijtimoiy tarmoqlarga iyun oyida taqdimnoma yuborgan va ularning faoliyatini 2-iyul kuni cheklagan. Keyin inspetsiya 2-noyabr kuni taqdimnoma yuborgan va ularning faoliyatini 3-noyabr kuni cheklagan.
Shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil iyul oyi avvalida TikTok, Twitter, Skype, "VKontakte"ning O‘zbekistondagi faoliyati cheklangan edi. Keyinroq ular safiga Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘i ham qo‘shilgandi.