"Noto‘g‘ri harakatlari uchun" - O‘zkomnazorat boshlig‘i vazifasidan chetlatildi

Bugun O‘zbekiston hududida ro‘y bergan holat uchun O‘zkomnazorat boshlig‘i va mutaxassislari ishdan olinadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya - Sputnik. O‘zbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi "O‘zkomnazorat" boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev vazifasidan chetlatildi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"Prezident topshirig‘iga asosan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev noto‘g‘ri va kelishilmagan xatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi, ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib boriladi", - deyilgan xabarda.
Undan tashqari, surishtiruv davomida aybdor deb topilgan boshqa mutaxassislar ham ishdan olinishi mumkin, deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, bugun O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida uzilish va aloqa tezligi cheklangani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Xususan Telegram, Facebook, Instagram foydalanuvchilari aloqa tezligi cheklangani haqida xabar qilishgan edi.
Tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi - Asadov