RJD transafg‘on temir yo‘linining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyor - OAV

Yangi transafg‘on temir yo‘li O‘zbekiston uchun Janubiy Osiyo bozorlari va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yo‘liga aylanishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya - Sputnik. Rossiya temir yo‘llari O‘zbekiston bilan birgalikda transafg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyor.
"RJD xoldingi O‘zbekiston Temir yo‘llari bilan transafg‘on temir yo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlashda hamkorlik qilishga tayyor", - dedi kompaniya vakili OAVga.
Eslatib o‘tamiz, 29-oktabr kuni RJD va O‘TY vakillari onasida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kompaniyalar vakillari transafg‘on temir yo‘li qurilishida texnik va kartografik parametrlar bo‘yicha ma’lumot almashish borasida hamkorlik qilishga kelishib olishgan edi.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston hududi orqali o‘tgan yangi "Mozori-Sharif - Qobul - Peshavar" temir yo‘li Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lash imkonini beradi.
Ushbu temir yo‘l loyihasining umumiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil qiladi. Yangi temir yl magistralining umumiy uzunligi 573 km, tranzit potensiali esa 20 mln tonnani tashkil qiladi.
O‘zbekiston ushbu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transfafg‘on temir yo‘li Respublika eksport potensialini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yo‘li ochishiga umid qilishmoqda.
O‘TY va RJD Afg‘onistonda temir yo‘l qurishni muhokama qilishdi