O‘zbekiston yengil avtomobillar eksportini oshirdi

O‘zbek avtomobillari asosan Qozog‘iston, Ukraina va Rossiyaga eksport qilinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga 25 171 ta yengil avtomobillar eksport qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ularning umumiy qiymati 242,5 mln dollarga teng bo‘lgan.
“Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan”, - deyilgan xabarda.
Yengil avtomobillarni asosan Qozog‘iston (24 137), Ukraina (448) Rossiya (320) xarid qilgan.
Bundan tashqari, avtomobillar Afg‘oniston (128), Tojikiston (64), Ozarbayjon (37) va Qirg‘izistonga (30) eksport qilingan.
O‘zbekistonda “Kia”, “Renault” va “LADA” qanday ishlab chiqarilmoqda - foto
Joriy yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekiston qiymati 390,2 mln dollarlik qariyb 18 150 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2331 taga kamaygan.