Kobulda portlashlar: qurbonlar soni 23 kishiga yetdi

Avvalroq mahalliy nashlar Kobuldagi kasalxonaga “Islom davlati”* jangarilari hujum qilgani haqida xabar bergandi.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobulda kasalxona oldida portlashlar sodir bo‘ldi.
RIA Novostining o‘z manbasiga tayangan holda xabar berishicha, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetgan, 50 kishi jabrlangan.
Avvalroq mahalliy “Bakhtar” nashri Kobuldagi kasalxonaga “Islom davlati”* terrorchilik guruhi jangarilari hujum qilgani haqida xabar bergandi. Guvohlardan biri RIA Novostiga bir guruh jangarilar portlash ro‘y bergan kasalxonasi binosiga kirishgani va “Tolibon”* vakillari bilan jang qilayotganini ma’lum qilgan.
Toliblar vakili Bilol Karimiy Kobuldagi kasalxona ikkita portlash sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. Hodisa joyiga maxsus xizmat xodimlari yetib kelishgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari