OAV: Ahmad Mas’ud Tojikistonda

Ma’lum qilinishicha, Ahmad Mas’ud hozir Tojikistonda, lekin goh-gohida Afg‘onistonga borib turadi.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon”*ga qarshi Afg‘oniston Milliy qarshilik ko‘rsatish frontining yetakchisi Ahmad Mas’ud hozirda Tojikistonda. Bu haqda ko‘ngillilar vakili, shimoliy Panjsher viloyati gubernatorining sobiq o‘rinbosari Kabir Vasik ma’lum qildi.
“Ahmad Mas’ud hozir Tojikistonda, lekin goh-gohida Afg‘onistonga borib turadi, u yerda mamlakatning turli mintaqalaridagi qarshilik guruhlari bilan uchrashadi”, - deya aniqlik kiritdi u.
Ahmad Mas’ud toliblar bilan muzokaralarda Rossiya ko‘magiga umid qilmoqda

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Jangarilar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.