Moskva qurilishlardagi migrantlardan voz kecha oladimi – ekspert fikri

Avvalroq Moskva hukumati kelajakda qurilishlardagi migrantlardan to‘liq voz kechmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Moskva hukumati qurilishlardagi migrantlardan to‘liq voz kechmoqchi. Bu haqda shahar merining shaharsozlik siyosati va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Andrey Bochkarov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar ma’muriyati allaqachon tegishli rejani ishlab chiqmoqda.
Amaldorning ta’kidlashicha, bu qaror ishchi kuchi yetishmasligi sabab yuzaga kelgan. Pandemiya sabab shahardan ishchilarning ommaviy ketishi kuzatilgan.
Moskva hukumati kelajakda quruvchi migrantlardan voz kechmoqchi
Agar ilgari Moskvadagi qurilishlarda 120 mingga yaqin migrantlar mehnat qilgan bo‘lsa, hozir shaharda ularning 40 minga yaqini qolgan. Qurilishlarda asosan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari mehnat qilishmoqda, deydi Bochkarov.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida bitim mavjudligini inobatga olib, Moskva yaqin kunlarda qurilishlardagi migrantlardan to‘liq voz kecha oladimi? Bu savolga mehnat migratsiyasi bo‘yicha ekspert Dmitriy Ispovednikov Sputnik muxbiri bilan suhbatda javob berdi.
Ispovednikovning fikricha, hozir Moskva hukumati so‘nggi paytlarda Rossiyada kuzatilayotgan xorijlik ishchilarga bo‘lgan salbiy munosabatni kamaytirishning turli imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
“Yaqin kunlarda past malakali mehnat pozitsiyasi dolzarbligicha qoladi. Mehnat optimizatsiyasi ro‘y beradi – gap yangi texnologiyalar joriy etish va qurilishni mexanizatsiyalashtirish haqida bormoqda. Ammo qisqa muddatli istiqbolda bu pozitsiyalardagi xorijlik ishchilarning o‘rnini almashtirishning iloji bo‘lmaydi”, - deydi ekspert.
Qolaversa, Moskva hukumati tashabbusi chet ellik ishchilarning tashkillashtirib olib kelishni rivojlantirishga turtki bo‘lishi mumkin. Migratsiya oqimi faqat poytaxtda jamlanmasligi uchun ularni butun Rossiya bo‘ylab teng taqsimlash mumkin, deb hisoblaydi Dmitriy Ispovednikov.
“Bu loyihalar Uzoq Sharq federal okrugi, Sibir, Uralda joylashgan. Ular uchun xorijlik ishchi kuchi, jumladan, O‘zbekiston bilan kelishuv asosida saralab olinadi. Ishchilar Rossiyaga kelishdan oldin malakaga oid test topshirishadi. Migrantlar uchun ta’lim loyihalari, misol uchun, rus tilidan dars berish ham rivojlanadi”, - dedi Ispovednikov.
Quruvchi-migrantlar reyestrini yaratish taklif etildi