TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Moskva shahri hukumati kelajakda qurilish sohasida xorijlik ishchi kuchidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda shahar merining o‘rinbosari Andrey Bochkarov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda ishlayotgan 120 nafar quruvchi migrantlarning ko‘pi pandemiya davrida ketib qolgan. Hozir qurilishlarda qariyb 40 ming nafar migrant qolgan. Bochkarovning ta’kidlashicha, ilgari quruvchilar ko‘proq Tojikistondan kelishardi. Endi esa asosan O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelishmoqda. U ishchi kuchi yetishmasligini taxminan 40 foiz deb baholangan.
Amaldor ishchilar va muhandislar, xususan, keng ko‘lamli renovatsiya dasturi obyektlari uchun yetishmasligini ma’lum qilgan.
Bochkarov xorijlik ishchi kuchidan zamonaviy texnologiyalar evaziga voz kechish mumkinligini qayd etgan.
“Qurilish majmualaridagi hamkasblarim va pudratchilar oldiga bizga Moskva qurilish obyektlarida xorijlik ishchi kuchisiz ishni emlashimizga imkon beradigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasini qo‘yapman”, - dedi u RBK nashriga bergan intervyusida.
Shahar meri o‘rinbosari qurilish jarayoni uch baravar kam odamni talab qilishi, ularning maoshi esa ikki, kerak bo‘lsa uch baravar ko‘p ko‘lishi kerak deb hisoblaydi.