TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Fransiya poytaxti Parij shahriida 29-oktabr – 4-noyabr kunlari harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda o‘zbekistonlik dzudochi, Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov finalda braziliyalik Godoy De Machedoni bilan o‘zaro kuch sinashdi. Murosasiz kechgan bahsda Bobonov raqibini mag‘lubiyatga uchratdi, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi.
U finalga qadar Avstriya, Rossiya va Slovakiya dzudochilaridan ustun kelgan edi.
Avvalroq -90 kg vazn toifasidagi dzudochi Davlat Bobonov Xalqaro dzudo federatsiyasining yangilangan reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgani xabar qilingan edi.