TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi to‘lov miqdorlari kamaytiriladi. Vazirlar mahkamasi Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Qaror bilan bir qator davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi to‘lov miqdorlari kamaytirildi.
Jumladan, Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida malaka sertifikatining dublikati berilganligi uchun BHMning 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi belgilandi (ilgari BHMning 50 foizi).
Qaror 2021-yil 1-dekabrdan boshlab kuchga kiradi.
Avvalroq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 5 ta moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan jarimalar keskin kamaytirilayotgani haqida xabar qilingan edi.