Shavkat Mirziyoyev navbatdagi besh yillikda qanday vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan

Mutaxassis prognoziga ko‘ra, przidentlikning yangi davrida Mirziyoyev ish o‘rinlari sonini oshirish, Orol dengizi muammolari hamda qo‘shni davlatlar va Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlash bilan shug‘ullanadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. "Rivojlanish strategiyasi" markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakov yangi prezidentlik davrida Shavkat Mirziyoyev oldida turgan vazifalar haqida aytib berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Mamlakatning jug‘rofiy joylashuviga ko‘ra, Orol dengizi va uning atrofidagi hududlar ekologiyasi masalasi eng ustuvor vazifalardan biri bo‘ladi. Undan tashqari aholi ko‘proq ish o‘rinlari va ularning ehtiyojini qoniqtiradigan maosh olishni istaydi", - dedi Tulyakov.
Ekspert aytishiga ko‘ra, sifatli tibiy xizmat hamda ta’limga ham jamoatchilik talabi bor.
"So‘nggi besh yilda 50dan ortiq oliy ta’lim muassasi tashkil qilingan bo‘lsa-da, o‘qish istagi bo‘lga yoshlar OTMlar yetishmasligidan norozi. Shuning uchun O‘zbekistonga xalqaro OTMlarni jalb qilishga e’tibor qaratilmoqda. Ular orasida Rossiya OTMlari yetakchilik qilmoqda. Biz shunday yo‘l bilan yoshlani ilm bilan ta’minlash qamrovini 2.5 baravar oshirdik. Talab bor, shuning uchun davlat bu masalani hal qilishga harakat qilmqoda", - dedi markaz direktori.
Xalqaro siyosatda esa, O‘zbekiston uchun siyosatnig Janubiy Osiyo yo‘nalishi muhim bo‘lib qoladi. Undan tashqari qo‘shni davlatlar va Rossiya bilan ham aloqalar mustahkamlanadi, deb prognoz qildi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni O‘zbekistonda navbatdagi prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. MSK komissiyasi 29-oktabr kuni saylovning natijalarni rasman e’lon qildi va unda O‘zLiDeP partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,12 % ovoz bilan g‘olib bo‘lganini va besh yilga prezident etib saylanganini e’lon qildi.