TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston Temir yo‘llari va RJD (Rossiya Temir yo‘lari) Afg‘oniston orqali o‘tgan temiryo‘l qurilishini muhokama qilishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston.
Ikki kompaniya vakillari orasida 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralarda jumladan "Termiz - Mozori-Sharif - Qobul - Peshavar" yo‘nalishida temir yo‘li qurish loyihasi muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida quyidagilar haqida kelishib olindi:
Ilmiy izlanish va loyiha institutlari orasida texnik va kartografik parametrlar bo‘yicha ma’lumot almashish haqida;
Taklif qilinayotgan har bir yo‘nalishning o‘tkazish qobiliyati, yutuq va kamchiliklari hisoblab chiqiladi va Afg‘oniston tomoniga xabar qilinadi;
Yaqin vaqt ichida O‘zbekiston, Rossiya va Afg‘oniston temir yo‘l kompaniyalari rahbarlari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tadi;
Shuningdek, Afg‘oniston transport tizimlarini MDH Transport kengashiga qo‘shish masalalari muhokama qilindi.
Afg‘oniston orqali o‘tgan temir yo‘l loyihasining dastlabki umumiy qiymati 5 mlrd. Dollarni tashkil qiladi. Uning tranzit potensiali yiliga - 20 mln tonna. Yangi temir yo‘l YeI, Rossiya, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindistonni biri biri bilan va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida ishga tushirilgan bir necha iqtisodiy loyihalar bor. Ular orasida "Hayraton - Moziri - Sharif" temir yo‘li, "Hayraton - Qobul" 300MVtli elektr zatish tarmog‘i va boshqa loyihalar mavjud.