Uchar bayker: Yaponiya samoda harakatlanadigan xoverbayk yaratdi - VIDEO

Chetdan qaraganda uchar motosikl dronni eslatadi. U yuz kilogrammgacha yukni ko‘tarishga qodir
Sputnik
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Yaponiyada dronlar ishlab chiqaruvchi ALI Technologies startapi dunyodagi birinchi uchar motosiklni taqdim etdi, deb xabar qiladi The Japan News.
Chetdan qaraganda motosikl chindan ham videosyemkada foydalaniladigan dronni eslatadi. Ishlab chiqaruvchi saytida aytilishicha, xoverbayk ichki yonuv dvigateli va to‘rtta elektrodvigatellar bilan jihozlangan.
Motosikl og‘irligi - 300 kilogramm, uzunligi - 3,7 metr, eni - 2,4 metr, bo‘yi - 1,5 metr. U 100 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi. Motosikl 680 ming dollarga narxlangan.