Sukerberg Facebook kompaniyasining nomini o‘zgartirdi

Facebook kompaniyasi o‘z nomini Meta’ga o‘zgartirdi. Uning asosiy ijtimoiy tarmog‘ining nomi o‘zgarishsiz qolmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Kompaniyasi nomi endilikda “Meta” nomlanadi. Bu haqda Facebook asoschisi Mark Sukerberg so‘zlariga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
“Bugundan boshlab biz “Meta” deb nomlanamiz”, deb aytib o‘tdi u taqdimot marosimida.
Sukerberg yangi logotip ko‘k Mobius shaklidagi tasmani taqdim etdi.
"Men umum e’tirof kashfiyotlarni yaxshi ko‘rardim va Meta so‘zi yunoncha "so‘ngra" so‘zidan kelib chiqqan. Men uchun bu har doim yana boshqa narsalarni amalga oshirish mumkinligidan kelib chiqqan", – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya e’tiborini tortgan narsa “Metakoinot – internet taraqqiyotining yangi bosqichi bo‘lib, u yerda insonlar ekranlardan voz kechib, virtual metakoinotda borliklarini o‘z boshlaridan o‘tkazishadi.
Milliarderning oydinlik kiritishicha, nomining almashishiga qaramasdan, kompaniyaning tegishli bo‘lgan xizmatlar nomi o‘zgarishsiz qoladi. Mark Sukerberg dunyodagi eng yirik Facebook tarmog‘idan tashqari, u shuningdek, Messenger, WhatsApp va Instagram ijtimoiy tarmoqlarini ham egasi hisoblanadi.