Rossiyada moliyaviy piramidalarning yangi turi aniqlandi - MB

Rossiyada onlayn o‘yin shaklida ishlaydigan moliyaviy piramidalar paydo bo‘ldi, odamlar ularda 50 mingdan 100 ming rublgacha yo‘qotmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Rossiya Markaziy banki mamlakatda moliyaviy piramidalarning yangi turini aniqladi. Bu haqida RF MB noqonuniy amaliyotlarga qarshi kurash departamenti rahbari Valeriy Lyax ma’lum qildi.
Yangi moliyaviy piramidalar onlayn investitsion o‘yin ko‘rinishida bo‘lib, ular fuqarolarni oson pul ishlash imkoni va o‘zining o‘yin shaklida ekani bilan jalb etadi, deydi mutaxassis.
Bunday piramidalarda, odatda, foydalanuvchi o‘yin platformasida ro‘yxatdan o‘tadi va onlayn to‘lov orqali pul tikadi. Shundan so‘ng foydalanuvchi biror o‘yin personajini yoki virtual ko‘chmas mulk sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.

"Sotib olingan virtual mulk daromad keltiradi, lekin daromad virtual ko‘rinishda bo‘ladi. Uni tizimdan chiqarib olish uchun loyihaga yangi ishtirokchilarni olib kelish talab etiladi. Odatda bular do‘stlar yoki qarindoshlar bo‘ladi”, - deydi Lyax.

Xullas, ushbu o‘yinlar ham tarmoqli marketing yoki moliyaviy piramida prinsipi asosida ishlaydi. Agar yangi ishtirokchilar kelmay qo‘ysa, loyha to‘xtaydi, tikilgan pullarni olib chiqishning iloji bo‘lmaydi, chunki bu vaqtga kelib ularni allaqachon olib chiqib ketishgan bo‘ladi, - deydi mutaxassis.
Bunday loyihalar ishtirokchilardan turli yo‘llar bilan pul yig‘ib oladi: elektron to‘lov vositalaridan tortib kriptovalyutagacha. Foydalanuvchilar bilan tuziladigan shartnomalarda, odatda, “pullarni qaytarish kafolati yo‘q” deb ko‘rsatilgan bo‘ladi, lekin ushbu yozuv qayerdadir eng oxirida, ko‘zga tashlanmaydigan joyda kichik harflar bilan yozilgan bo‘ladi.
Bundan onlayn o‘inlarning eng katta xavfi – ularga yoshlar va o‘smirlarni jalb etish xavfidir. 2021-yilning 9 oyida Rossiya Banki 424 moliyaviy piramida aniqlagan. Ulardan 278tasi – so‘nggi uch oy ichida. Bu o‘tgan yilgan nisbatan 2 baravar ko‘p. Fuqarolar odatla moliyaviy piramidalarda 50 mingdan 100 ming rublgacha yo‘qotadi.