Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi qachon bo‘ladi

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq prezident inauguratsiya marosimi saylov natijalari rasman e’lon qilinganidan so‘ng ikki oy ichida bo‘lib o‘tishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning preziyentlik lavozimiga rasman kirishish marosimining sanasini Senat belgilaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining lavozimga kirishish marosimining aniq sanasi, respublika qonunchiligiga asosan, Senat majlisida belgilanadi. Marosim MSK saylov natijalarini rasman e’lon qilganidan so‘ng ikki oy ichida bo‘lib o‘tishi kerak.
O‘zbekiston saylov qonunchiligiga asosan, yangi prezident parlament oldida qasamod qilganidan so‘ng prezidentlik lavozimiga kirishishadi.
Markaziy Saylov komissiyasi 24-oktabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi natijalarini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev uchun 80,12% ovozi bilan saylovda g‘olib deb e’lon qilingan.

"Shavkat Miromonovich MIRZIYoYeV 2021-yil 24-oktabr kuni muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foiz ovozi bilan besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblansin," - deyilgan MSKning 1154-sonli qarorida.

Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prezidenti saylovida jami 16 212 343 nafar saylovchi ishtirok etgan, shundan 12 988 964 nafari Shavkat Mirziyoyev uchun ovoz bergan.