TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Amerikaning Google kompaniyasidan qidiruv tizimida aniqlangan voyaga yetmagan shaxslarni rasmlarini o‘chirishi bo‘yicha talabni qabul qiladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Har bir o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs va ularning ota-onasi yoki vasiysi endi suratlarni qidiruv natijalaridan olib tashlashni so‘rashi mumkin”, – deyiladi Google blogida.
Xabarda aytilishicha, rasmlar o‘chirilgan taqdirda faqatgina “rasmlar” deyilgan qismida ko‘rinmaydi, lekin ularning butkul internet tarmog‘idan o‘chirilishi haqida gap ketmayapti.
Kompaniya qayd etishicha, mazkur yangilik yoshlar uchun “o‘zlarining internetdagi qoldirgan izlarini yaxshiroq nazorat qilishlariga imkoniyat yaratadi”.